13:22 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
20310

Hujjatga koʻra, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakat hududidan chiqib ketishiga 2020 yilning 5  mayiga qadar ruxsat beriladi. 

TOSHKENT, 21 mar - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati xorijiy fuqarolarning vizasini 5 maygacha uzaytirdi. Bu haqda Turizm davlat qoʻmitasi xabar bermoqda.

"Oʻzbekiston hududida boʻlgan xorijiy fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishlaridagi muammolarni inobatga olib, ularning viza muddatini joriy yilning 5 may sanasigacha avtomatik tarzda uzaytiriladi. Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya yigʻilishida shunga doir qaror qabul qilindi", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek, hujjatga koʻra, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakat hududidan chiqib ketishiga 2020 yilning 5  mayiga qadar ruxsat beriladi. 

Yuqoridagi holatlarda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga nisbatan hech qanday chora koʻrilmaydi hamda jarima undirilmaydi. 

Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy fuqarolarning oʻz yoki uchinchi mamlakatga qaytishi uchun xarid qilingan “Uzbekistan Airways” AJning aviachiptasi mavjud boʻlgan taqdirda, ularning qaytib ketishi uchun tegishli reyslarini qoʻshimcha mablagʻ undirmagan holda tashkil etadi.

Asosiy mavzular