09:33 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
510 0 0

Biz bunday murakkab vaziyatda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligini taʼminlashimiz kerak. Bunga esa umumiy maqsadlarga erishish yoʻlida hozirning oʻzidanoq oʻzaroq kelishib, birdamlik bilan harakat qilsakkina erishamiz, deyiladi Zurab Pololikashvili murojaatida

TOSHKENT, 2 apr - Sputnik. BMTning Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) hukumatlar hamda  tashkilotlarni turizm va sayohatlar sektori orqali ish bilan taʼminlash va iqtisodiyotni qoʻllab quvvatlashga koʻmak berishga yoʻnaltirilgan tezkor choralar qabul qilishga chaqirdi.

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovga yoʻllagan maktubida shu haqida maʼlum qilingan.

Uning taʼkidlashicha, bu COVID-19 koronavirus asoratlarini yumshatish hamda tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Maxsus tashkil etilgan Turizm sohasi boʻyicha global inqiroz qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Tavsiyalar aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan. 

"Dunyo ahli sogʻliqni saqlash sohasidagi global favqulodda vaziyatni boshdan kechirmoqda va bu jamiyat hamda insonlar turmush farovonligi uchun misli koʻrilmagan asoratlarga olib kelishi mumkin. Turizm va sayohatlar sektori mazkur inqirozdan eng koʻp jabrlangan sohalar qatoriga kiradi va xavf ostidagi millionlab ish oʻrinlarini saqlab qolish uchun shoshilinch yordam koʻrsatish talab etiladi", - deyiladi murojaatda.

Pololikashvili shuningdek ijtimoiy iqtisodiy sohada millionlab ish oʻrinlarining yoʻqotilishiga olib keluvchi global tanazzul kutilayotgani, bu ayniqsa ayollar, yoshlar va qishloq joylaridagi aholining zaif qatlamiga ogʻir zarba boʻlishi haqida soʻz yuritadi.

“Butunjahon turistik tashkiloti yaqinda tashkil etilgan Turizm sohasi boʻyicha global inqiroz qoʻmitasi yordamida muvofiqlashtirilgan va samarali javob choralarini koʻrish maqsadida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti va xususiy sektor – YUNVTO aʼzolari boʻlgan Xalqaro aeroportlar kengashi, Xalqaro kruiz liniyalari uyushmasi, Xalqaro havo transporti uyushmasi hamda Jahon sayohatlar va turizm kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Biz hukumatlar va koʻp tomonlama tashkilotlarni turizm hamda sayohatlar  sektori yordamida ishga joylashish va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish uchun tezkor choralar koʻrishga chaqiramiz, bu COVID-19 koronavirus asoratlarini yumshatish hamda tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi”, - deya taʼkidlaydi UNWTO bosh kotibi.

UNWTO yoʻllagan tavsiyalar uch guruhga ajratilgan boʻlib, ular bir vaqtning oʻzida qoʻllash hamda ekotizimda ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar oʻrtasida oʻzaro muvofiqlikni talab etadi: inqirozni boshqarish va uning taʼsirini yumshatish; ragʻbat yaratish va tiklanish jarayonini tezlashtirish; kelajakka tayyorlanish.

“Biz bunday murakkab vaziyatda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligini taʼminlashimiz kerak. Bunga esa umumiy maqsadlarga erishish yoʻlida hozirning oʻzidanoq oʻzaroq kelishib, birdamlik bilan harakat qilsakkina erishamiz. Ishonchim komilki, bizning tavsiyalarimiz sizdagi davlat tashkilotlari va xususiy sektorga ayni kunda turizm sohasi duch kelayotgan ulkan muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi. Biz turizm bundan keyin ham iqtisodiyot va taraqqiyotning yetakchi kuchlaridan biri boʻlib qolishi uchun kafolatlar bilan taʼminlashni istaymiz”, - deya oʻz murojaatini yakunlaydi Zurab Pololikashvili.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular