19:20 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
148 0 0

Sotsial turizm assotsiatsiyasi sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida tashkil qilingan.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aktsiyalarini oʻtkazish;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
  • sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek, nogironligi boʻlgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga koʻmaklashish.

Assotsiatsiya Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning saʼy-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi boʻlgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga koʻmaklashadi. Shu bilan birga, inklyuziv turizmni rivojlantirish borasida xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni oʻrnatadi.

Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib Izatillo Xoʻjayev tayinlandi. U avvalroq Sharqshunoslik instituti, OʻzMTDP Toshkent viloyati Kengashi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular