23:25 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Turizm
Havola olish
136 0 0

Oʻzbekistonda chet ellik sayyohlar uchun oʻziga xos “xavfsizlik yostiqchasi”ga aylanadigan “Oʻzbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan” tizim joriy etilmoqda.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston hududida koronavirus yuqtirib olgan turistlarga 3000 ming dollar miqdorida kompensatsiya toʻlanadi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” tayyorlagan reportajda maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun oʻziga xos “xavfsizlik yostiqchasi”ga aylanadigan “Oʻzbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan” (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.

“Oʻzbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3000 ming dollar miqdorida kompensatsiya toʻlab beriladi”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, bu kabi amaliyot dunyoning koʻplab davlatlarida keng qoʻllanilib kelinadi. Karantin vaqtida xorijlik turistlarga turoperatorlar tomonidan faqatgina “Oʻzbekiston — xavfsiz sayohat kafolatlangan” reyestiridan oʻrin olgan obʼyektlar boʻylab amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular