22:08 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Turizm
Havola olish
119240

Mahalliy hukumat nafaqat turistlarning qulay hordiq chiqarishi, balki ular salomatligi xavfsizligini taʼminlash borasida ham qaygʻurgan. Bu uchun nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, balki turistik politsiya xizmatlaridan ham foydalanilmoqda.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Toshkent viloyatida turistik sezon oʻz faol fazasiga kirdi va boshqa viloyatlar aholisini qarshi olishga tayyor, deb maʼlum qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi turizm departamentining turistik infratuzilmani muvofiqlashtirish boʻyicha boshqarma rahbari Erkin Norboyev.

Norboyevning soʻzlariga koʻra, yozgi dam olish mavsumida mahalliy aholi xalqaro reyslar ochilishini kutib oʻtirmasdan, "Oʻzbekiston Shveytsariyasi" nomini olgan - soʻlim Boʻstonliq goʻshasida dam olishlari mumkin.

Koronavirus pandemiya tufayli turizm sohasi katta inqirozlarga yuz tutganiga qaramay, viloyat mutasaddilari bosh vazir topshirigʻiga asosan Boʻstonliq tumanidagi dam olish goʻshalari, togʻli hududlarda mahalliy turistlarning hordiq chiqarishlari uchun choʻntakbop shart-sharoitlarni yaratmoqda.

Xususan, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyuradigan turistlar uchun bu yerda yengil konstruktsiyali palatka-shaharchalar, kempinglar va konteynerli qurilmalar bunyod etilmoqda.

"Ular keng ommaga moʻljallangan va choʻntakbop narxlarda boʻladi", - deya aniqlik kiritdi Norboyev.

Shuningdek, yoʻl oldi infratuzilmasi boʻylab ham qulay va arzon turar-joylar: mehmonxonalar, xostellar va mehmon-uylar vujudga keltirilmoqda.

Mahalliy hukumat nafaqat turistlarning qulay hordiq chiqarishi, balki ular salomatligi xavfsizligini taʼminlash borasida ham qaygʻurgan. Turistlar xavfsizligi uchun barcha shart-sharoitlar hozirlangan. Bu uchun nafaqat turizm departamenti xodimlari, balki tegishli instruktajdan oʻtgan turistik politsiya xizmatlaridan ham foydalanilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 1 iyun sanasidan Oʻzbekistonning "yashil" va "sariq" hududlarida ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyilgan edi. Turoperatorlar, turagentliklar, madaniyat obʼyektlari sanitariya-gigiyena normalari va talablariga qatʼiy amal qilgan holda oʻz faoliyatlarini boshlashlashlari belgilangandi.

Asosiy mavzular