06:55 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Turizm
Havola olish
145 0 0

Hojatxonlari talabga javob bermaydigan AYOQShlar faoliyati toʻxtatiladi - pandemiya tufayli kechkitirilgan Hukumat qarori 1 sentyabrdan kuchga kiradi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Hojatxonasi talab darajasida boʻlmagan zapravkalar faoliyati 1 sentyabrda toʻxtatiladi. Bu haqida Investitsiyalarni jalb qilish va turizm zonalarini rivojlantirish departamenti boshligʻi Joʻrabek Ahmedov 18 avgust kuni  AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda xabar qildi. 

"Pandemiya sababli koʻp narsalar toʻxtab qoldi, lekin mana yaqinda, 10 iyulda Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan, 1 sentyabrdan boshlab sanitar-gigiyenik shoxobchalarni talab darajasiga keltirmagan yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini toʻxtatadi", – dedi Ahmedov.

Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xorijlik turistlarga va mahalliy mehmonlarga xizmat koʻrsatadigan infratuzilma obʼyektlari, turistik axborot markazlari, savdo shaxobchalari va ayniqsa yoʻl boʻyida joylashgan hojatxonalar ahvolini yaxshilash borasida koʻrilayotgan choralar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. 

Oʻzbekiston Hukumatning oʻtgan yilgi qaroriga asosodan yoʻl boʻyida joylashgan tunu kun ishlaydigan AYOQShlar 2020 yilning 1 martiga qadar hojatxonlarini  talab darajasiga keltirib qoʻyishlari kerak edi. Lekin pandemiya sabab ushbu qaror talablari bajarilishini kechiktirishga toʻgʻri keldi. Endi yangi sana - 1 sentyabr deb beligilandi. Ushbu muddatga qadar AYOQShlar Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori talablarini bajarishlari shart. 

 

Asosiy mavzular