22:43 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Turizm
Havola olish
13810

Boʻstonliq tumani - turizmni rivojlantirishga ixtisoslashtiriladi. Tuman hokimiyati faoliyati turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Toshkent viloyatidagi Boʻstonliq tumanida 2022 yilning 31 dekabrigacha maʼmuriy boshqaruvning alohida tizimi joriy etildi. Bu haqida 27.08.2020 kuni imzolangan 6053-sonli prezident farmonida aytib oʻtilgan. 

Farmonda aytilishiga koʻra, alohida boshqaruv tizim tashkil etishga, tumanda transport va infratuzilmaviy muammolar toʻplanib qolgani, yangi ish oʻrinlari yaratilmayotgani va hududning turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmayotgani sabab boʻlgan. 

Alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

a) Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida «Chorvoq» erkin turistik zonasi direktsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direktsiya) direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Boʻstonliq tumani (keyingi oʻrinlarda — tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. (Jumladan hokim va uning oʻrinbosarini tayinlash borasida tavsiyalar berishni ham).

b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq davlat mulki obʼyekti boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obʼyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari Direktsiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun oʻtkaziladi;

v) «Chorvoq» erkin turistik zonasi (keyingi oʻrinlarda — erkin turistik zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning «b» kichik bandiga asosan Direktsiyaga oʻtkazilgan davlat mulki obʼyektlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish Direktsiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auktsion orqali amalga oshiriladi;

va ho kazo ...

3. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.

Jamgʻarmaga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kredit, tuman hududida joylashgan davlat mulki obʼyektlari hamda yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va boshqa manbaalar jalb etiladi. 

Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmogʻi infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
  • yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
  • koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar va parklarni yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, obodonlashtirish, atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan bogʻliq zamonaviy yechimlarni joriy etish;
  • loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlash;
  • togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarish, ularning foiz stavkalarini qoplash;

Qarorning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Asosiy mavzular