13:54 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Turizm
Havola olish
25410

Federatsiya hozircha atigi 3 yoshda. U Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Sharlar soni ham hozircha sanoqli, boisi, bu juda qimmat koʻngilxushlik sanaladi, deydi Soliyev. Ammo tez orada sharlar parki va sonini koʻpaytirish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Buxoroning Varaxsha massivi(Romitan tumani)dagi Boʻron-tepa hududida - qoq sahroning oʻrtasida "Bukhara Desert Oasis & SPA" innovatsion turizm klasteri bunyod etildi. Ushbu maskanning tantanali ochilish marosimida Turizm davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan mahalliy va xorijiy OAV vakillari, blogerlar va hatto ilk marotaba "tiktok"chilar ham ishtirok etdilar.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
V Buxare otkrыli novыy innovatsionnыy turisticheskiy klaster

Sayyohlik obʼyektida oʻrta asrlardagi Buxoroning tarixiy manzaralari - Varaxsha terassasi, Sardoba, karvonsaroy majmuasi, plyaj, hozirda 80 oʻringa moʻljallangan oʻtovlar, milliy va Yevropa taomlari restoranlari, tibbiyot burchagi, sogʻlomlashtirish maskani, sport oʻyingohi, ot sporti maydoni, avtoturargoh, vakvadratsikllar, ot va tuyalarda sayohat, elektromobil, JIP kabi transportlari kabi turli qoʻshimcha xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Polet na vozdushnom share v Buxare

Bu maskanga tashrif buyurgan sayyoh, hatto havo sharida samoga koʻtarilishi va hududni bir kilometr masofadan turib, koʻzdan kechirish imkoniga ega boʻladi.

Oʻzbekiston aeronavtika federatsiyasi rahbari - Tohir Soliyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga mahalliy aholining havo sharida uchishga boʻlgan qiziqishi, aeronavtika festivali qachon oʻtkazilishi va Buxoroning oʻz kapadokiyasi paydo boʻlishi uchun nimalarni amalga oshirish zarurligi haqida soʻzladi.

Oʻzbekiston aeronavtika federatsiyasi uch yil muqaddam, 2017 yilda tashkil topgan. Avvaliga osmon uzra sayohat qilish faqat Chimyon yonbagʻirlarida amalga oshirilgan boʻlsa, endilikda sayohatning ushbu qiziqarli turi butun mamlakat boʻylab ommalashmoqda.

- Tohir aka, sharlaringiz bilan Buxoro sahrosigacha uchib keldingiz. Sayohatning ushbu turi sahroda ommalashishiga ishonasizmi?

- Avvalo, bu yerda boʻlib turganimdan benihoya xursandligimni aytmoqchiman. Umuman olganda Buxoroning ertakmonand tarixiy joyligi hech kimga sir emas, bu yerga keladigan sayyohlar oʻzlarini butkul boshqa olamga tushib qolgandek his etishlari ham rost. Bilasizmi, sahroning ham oʻzgacha tarovati bor. U benihoya goʻzal, benihoya hayratlanarli. Misol uchun, kela-kelguncha yoʻlingizdan quyon yoki qoʻshoyoq yoxud tulki chiqib qolsa, oʻzingiz bilmagan holda hayratlanib ketasiz. Va kutilmaganda qarshingizda mana shunday ajib bir manzara namoyon boʻladi (turizm klasteriga ishora qiladi - tahr.)

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Tak vыglyadit obslujivayuщiy personal v turisticheskom klastere

Oʻylaymanki, tez orada biz bu yerda Turkiyadagi singari oʻzbek kapadokiyasini vujudga keltiramiz. Toʻgʻri, turk kapadokiyasi 30 yillik ulkan tajribaga ega. Biz esa endi-endi boshlayapmiz. Lekin, aminmanki, agar har kuni tongda xuddi shu joydan 10-15tadan havo sharlari ucha boshlasa, bu unutilmas tomosha va hayratlanarli kartina boʻladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vid sverxu na turisticheskiy klaster v Varaxshe (Buxarskaya oblast)

Federatsiyamiz atigi 3 yoshda. U Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Sharlarimiz ham hozircha sanoqli, boisi, bu juda qimmat koʻngilxushlik sanaladi. Ammo tez orada sharlarimiz parkini va ular sonini koʻpaytirish niyatimiz yoʻq emas.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vid iz vozdushnogo shara. Varaxsha, Buxarskaya oblast.

Biz Rossiya aeronavtika federatsiyasi bilan juda yaqin hamkorlik oʻrnatganmiz. MDH hududidagi havoda suzish federatsiyalari bilan ham aloqalarimiz yaxshi. Oʻylaymanki, yaqin vaqt ichida 10-15 nafar uchuvchilarni oʻqitishga erishamiz, qolaversa, chet ellik havo shari pilotlarini Oʻzbekistonga taklif etib qolamiz.

- Aprel oyida Qashqadaryoda havo sharlari festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi?

- Ha, koʻrib turganingizdek, kutilmaganda butun dunyoni ostin-ustun qilib yuborgan koronavirus pandemiya tufayli havo sharlarida uchish rejamiz keyinga qoldirildi. Aslida, Qashqadaryo viloyati bu manzilimizning eng soʻnggi nuqtasi boʻlishi rejalashtirilgandi. Yigirmata jamoa - 20ta havo sharlarida tong sahar Toshkentda start olib, yerga qoʻngach, keyin Samarqandga borishlari va u yerda ham shaharni osmonda aylanishlari koʻzda tutilgan edi. Xullas, festival ishtirokchilari Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarida shunday tomoshalarni koʻrsatib, eng oxirida Qashqadaryoga borishlari va u yerda festival "Lola qizgʻaldoq" sayli bilan yakunlanishi kerak edi.

Hozirda festivalni noyabrda oʻtkazishni chamalayapmiz. Keyinchalik har yili bahor faslida oʻtkazish belgilangan.

- Havo sharida uchish istagida boʻlganlar juda koʻpligiga guvoh boʻldik...

- Bilasizmi, kim boʻlishidan, yaʼni millati, irqi, dini va hokazo koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar, har bir insonning koʻnglida mittigina bolakay yashaydi. Shu mitti bolakay ulkan sharning osmonga uchishga tayyor turganini koʻrgach, koʻzlarini katta-katta ochadi va birdan kayfiyati koʻtarilib, xursand boʻlib ketadi. Axir bundan zoʻri bormi? Shar havoga koʻtarilganida koʻnglingizda roʻy beradigan tuygʻularni soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi. Yaqin orada erkin parvozlarni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bu ertakning oʻziginasi: bir kilometrcha keladigan balandlikda turib, mutlaqo sokinlikda Oʻzbekistonning gʻayritabiiy tabiati, zaminidan bahra olish imkoniyati vujudga keladi.

Asosiy mavzular