22:45 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Turizm
Havola olish
78 0 0

“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni yilda bir marta topshiriladi va sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi.

TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun taʼsis etilgan “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishonining ilk sohiblari maʼlum boʻldi. 

Ushbu koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subʼyektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar soha rivojiga qoʻshayotgan xizmatlari va faol targʻibot ishlari uchun mukofotlanadi.

Mukofotlar, kecha 27 sentyabr xalqaro Turizm kunida topshirildi. 2020 yilda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar orasida yaponiyalik kinorejisser, turkiyalik mutaxassis, xorijda oʻzbek taomlari restorani ochgan tadbirkor, Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi, bir qator turizm obʼyektlari va turfirma rahbarlari hamda davlat xizmatchilari bor. Taqdirlarganlarning roʻyxati bilan batafsil Turizmni rivojlantirish qoʻymitasi sahifasida tanishish mumkin. 

Eslatib oʻtamiz, ushbu mukofot Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan taʼsis etilgan edi. “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi. 

Asosiy mavzular