Florida shtatida otishma sodir bo‘lgan joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Mayami shtatidan 60 kmda joylashgan Parklenda 19 yoshli o‘smir bola 17 kishini otib tashladi

Chorshanba kuni Marjory Stoneman Douglas High School maktabida dars tugashiga 10 daqiqa qolganda yong‘in trevogasi e’lon qilinadi. Shundan so‘ng o‘q otish ovozlari eshitila boshladi.

Florida shtati senatori Bill Nilsen so‘zlariga ko‘ra, o‘q otgan kishi yong‘in niqobida bo‘lib, yonida tutun granatalari bo‘lgan.

Mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 19 yoshli Nikolas Kruz AR-15 vintovkasidan otishmani ko‘chada boshlab, keyinchalik binoga kirgan. U voqeadan 1,5 soatdan keyin qo‘lga olinadi.

Okrug sherifi Brovard Skott Israelning so‘zlariga ko‘ra, 17 o‘ldirilgan kishilarning 12 tasi maktab ichida, 3 tasi bino tashqarisida aniqlangan. Shuningdek, 2 nafar kishi shifoxonada vafot etgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada yana 3 kishi o‘ta og‘ir holatda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0