21:33 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
© Sputnik /

Bugun, 11 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yangi tayinlangan Oʻzbekiston elchisi Botirjon Asadovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston – Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Uning eʼtirof etishicha, ikki tomonlama aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanmoqda: siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar shular jumlasidan.

"Kelgusi haftada Toshkentga amalga oshiriladigan davlat tashrif davomida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan keng qamrovli muzokaralar oʻtkazamiz. Ular yakunlariga koʻra, salmoqli hukumatlararo va tijoriy hujjatlar toʻplami imzolanadi”, - dedi Putin xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.

Putin Oʻzbekiston rahbari bilan birgalikda mintaqalararo hamkorlik forumi ochilishida ishtirok etishi hamda ilk Oʻzbekiston atom elektrostantsiyasi qurilishiga start berishini qoʻshimcha qildi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Yana video

Asosiy mavzular