Ayiqchaning tirishqoqligi hammani hayratga soldi - video

Obuna bo‘lish
Magadan viloyatida dron yordamida tasvirga olingan video internetda hammani hayratga soldi.

Mushtariylar ayiqcha tog‘li cho‘qqiga onasi ortida o‘rmalab chiqishi qizg‘in muhokama qilinmoqda.  

Kadrlarda ona ayiq bolasi bilan toqqa qanday chiqishi ko‘rsatilgan.

Ona ayiq hech qanday muammosiz tog‘ cho‘qqisiga chiqadi, biroq uning bolasi bir necha marta tog‘ning etagiga tushib ketadi.

Ona ayiq esa xavotir olib jarlik chetida yuradi.

Oxir oqibat bu voqea ijobiy yakun topadi – ayiqcha irodasini bir joyga to‘plab, tog‘ cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ladi.      

Internet foydalanuvchilari ayiqlar dron tovushidan qo‘rqib ketishgan degan fikrlarni yozishgan.

Yangiliklar lentasi
0