09:44 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92

Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga oʻtirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga oʻtirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda. Xavfli tryukni ijro etgach, haydovchi oʻz oʻrniga qaytadi. Biroq bularning barchasi unga kam qilgandek, u oʻzining qoidabuzarligini davom ettiradi.

U biroz oʻtib yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay, katta tezlikda mashinani boshqarishda davom etadi. Atrofda transport vositalari harakatlanayotganiga qaramasdan, yana bir necha marta xavfli tryuklarni ijro etadi.

Hozircha IIBB ushbu holatga rasmiy izoh bergani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmagan va mashinani katta tezlikda boshqargan qoidabuzarlarga jazo muqarrardir. Chunki ular oʻz harakatlari bilan nafaqat oʻz hayotlarini, balki boshqalar hayotini ham xavf ostiga qoʻyishadi.

Yana video

Asosiy mavzular