21:30 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Mashhur sportchi, figurali uchish boʻyicha olimpiya chempioni Tatyana Navka Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuvi chogʻida barcha oʻzbekistonliklarga sportga oshno boʻlishga, hech boʻlmaganda sport zaliga qatnab turishga chaqirdi. Tatyanaga koʻra, sportda gap koʻp...

"Butun Oʻzbekistonga avvalo baxt, salomatlik va muhabbat tilayman. Hamma konkiga, hamma sportga, degan boʻlardim. Barcha-barchaga sport bilan shugʻullanishni, sport zalga qatnashni tilayman. Chunki salomatlik – bu hayot, bu harakat, bu quvvat, bu ajoyib kayfiyat. Bu maqsadlar… Mening fikrimcha, sport odamlarni birlashtiradi va cheksiz pozitiv tuygʻularni baxsh etadi”, - dedi Tatyana Navka.

Aytgancha, Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Tatyana Navkaga mahalliy NAESMI rahbari tomonidan arena emblemasi tushirilgan zarhal chopon sovgʻa qilishdi. Choponni kiyib koʻrgan Navka oʻz xursandchiligi va hayratini yashirmadi. Hatto darhol Instagram sahifasiga joylashtirish uchun suratga ham tushdi.

Yana video

Asosiy mavzular