21:43 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
© Sputnik / Andrey Solomonov

Minglab zaharli qurbaqalar Floridaning Palm-Bich-Gardens shahri koʻchalarini toʻldirib yuborib, mahalliy aholiga hujum qilmoqda.

CBS This Morning portalining maʼlum qilishicha, aga qurbaqaning kattaligi 20 sm, vazni esa bir kilogrammgacha yetishi mumkin.

Qurbaqalar bogʻlar, hovuzlar, yoʻlovchi yoʻlkalari va hatto turar joy binolarini toʻldirib yuborishdi. Mutaxassislar shahar aholisini diqqatli boʻlishga chaqirmoqda. Chunki qurbaqalarning boshi zaharli suyuqlik bilan qoplangan. Ayniqsa, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik soʻralgan.

Qayd etilishicha, qurbaqalar hujumidan uy hayvonlari ham aziyat chekishlari mumkin.

Mutaxassislar qurbaqalarning shaharda paydo boʻlishini bahorning yomgʻirli boshlangani bilan tushuntirishdi.

Aga qurbaqasi Floridaga Markaziy va Janubiy Amerikadan keltirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular