20:53 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Koʻksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In shohsupaga koʻtarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining Koʻksaroydagi muzokaralarida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Imzolash uchun salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida alohida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular