22:26 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68

Federal xavfsizlik xizmati Moskvada “Islom davlati” uyushmasi terrorchilarining yirik homiysini qoʻlga oldi. U 2015 yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul oʻtkazib bergan.

Qoʻlga olingan shaxs – Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tugʻilgan.

Tergov ishida maʼlum boʻlishicha, Guyevdan moddiy yordam olgan jangarilar “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXXga koʻra, Guyev “Muxajirun” islom jamgʻarmasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga (terrorizm uchun qidiruvga berilgan) pul joʻnatgan.

Aniqlanishicha, pullar terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sarflangan.

Guyevning uyida oʻtkazilgan tintuv vaqtida ekstremistik adabiyotlar, koʻplab bank kartalari va “ID” boshliqlarining yoʻqnomalari yozilgan mobil telefonlar topilgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yana video

Asosiy mavzular