03:49 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
MCHS Uzbekistana

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quritilgan Orol dengizi tubida himoya oʻrmonzorlarini tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, himoya oʻrmonzorlarini tashkil qilish uchun 1 ming 532 tonna saksovul va qoraburak urugʻlari tayyorlab qoʻyildi.  

Qumdan himoya qilish maqsadida 67,4 km qamishdan himoya chiziqlari ekilgan.

Rejalashtirilgan umumiy maydondan (500 ming ga) 461 ming 60 ga ekish ishlari amalga oshirildi. Bu ishda 748 nafar xodim va harbiy xizmatchi hamda 460 qishloq xoʻjaligi texnikasi qatnashdi. Urugʻlarni Moʻynoq tumanining butun aholisi yordam berdi.

Bu bilan ish toʻgamaydi – yana 15 ming gektar maydonda ekish ishlarini amalga oshirish zarur.

Yana video

Asosiy mavzular