02:56 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sputnik

Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali boʻlib oʻtdi. Festival qanday oʻtganini Sputnik lavhasida tomosha qiling.

Tadbirga 16 mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurdi.

Yomgʻir va momaqaldiroq milliy kiyimlaridagi 3 mingdan ziyod ishtirokchilar karnay va surnay sadolari ostida tarixiy shahar koʻchalari boʻylab yurishiga toʻsqinlik qila olmadi.

Anʼanaga koʻra Koʻhna Ark qalʼasidan yoʻlga tushgan karvonga monand turli xalqlar milliy kiyimlaridagi ishtirokchilar obidalar joylashgan koʻchalar orqali Labi hovuz majmuasiga kirib borishdi Unda artistlar va maxsus taʼlim oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Festivalning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik, xalq xoʻjaligi yutuqlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirish.

Festival qanday oʻtganini Sputnik Oʻzbekiston lavhasida tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular