Xitoyda tezligi samolyotdek poyezd ishlab chiqildi

Obuna bo‘lish
Xitoyda 600 km/soat tezlik bilan harakatlanuvchi yangi poyezdi ishlab chiqarildi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Xitoyning China Railway Rolling Stock Corporation (CRRC) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi poyezd magnit maydoni yordamida rels ustida muallaq harakatlanadi. Shuning uchun ham unga Maglev (magnit va levitatsiya) deb nom berishgan. Relsga tegmasdan harakatlanayotgan poyezd to‘xtatish uchun aerodinamik kuchlardan foydalaniladi.

© Twitter / China SCIOPrototip kitayskogo magleva
Xitoyda tezligi samolyotdek poyezd ishlab chiqildi - Sputnik O‘zbekiston
Prototip kitayskogo magleva

Kompaniya bosh muhandisi Dinga Sansan aytishiga ko‘ra, Maglev Pekindan Shanxaygacha bo‘lgan masofani 3,5 soatda bosib o‘tadi. Samolyot esa ushbu masofani bosib o‘tish uchun 4,5 soat vaqt sarflaydi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Xitoy hukumati 2021-yilda Maglev uchun tezurar temiryo‘llar qurishni boshlaydi.  Ishqalanish kuchlari ta’sir qilmagani tufayli poyezd mexanizmlari eskirmaydi va izdan chiqmaydi. Shuningdek poyezd harakatlanish vaqti shovqin ham chiqarmaydi. Aynan shu sababli poyezd ekologik jihatdan ham toza hisoblanadi.

© Twitter / China SCIOPrototip kitayskogo magleva
Xitoyda tezligi samolyotdek poyezd ishlab chiqildi - Sputnik O‘zbekiston
Prototip kitayskogo magleva

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoning 3 mamlakatida magnit kuchi yordamida harakatlanuvchi poyezdlar bor va ularning barchasi Osiyoda – Yaponiya, Janubiy Koreya va Xiytoda. Insoniyatga magnit yostiqchali poyezd tiximi yarim asrdan beri ma’lum bo‘lsada, u keng tarqalib ketmagan. Bunga sabab – unig qimmatligi va yangi infratuzilma qurishdir.

Bugungi kunda dunyoda eng tez poyezd Xitoyning maglev poyezdi bo‘lib u metro bekati va aeroport orasida harakatlanadi. Poyezd 30 km masofani  7 daqiqada bosib o‘tadi, tezligi 431 km. Poyezdlar tezlik rekordi esa Yaponiyaning Shinkansen LO poyezdiga tegishli. U 2015-yilda 603 km/soat tezlik ko‘rsatgan.   

Yangiliklar lentasi
0