03:06 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Ijtimoiy tarmoqda laylak ini ustida bevositada oʻrnatilgan kamera tasvirga olgan video keng tarqalmoqda. Amur viloyatida laylak oʻz joʻjalariga ovqat bermoqchi edi, biroq kutilmaganda...

Ota laylak bir muncha vaqt joʻjalari shoshmasdan, bamaylixotir baliqni qanday choʻqishlarini kuzatib turadi, biroq keyin tomdan tarasha tushganday, baliqni bechora bolalari tumshugʻidan yolqib olib, ochkoʻzlik bilan yeb qoʻyadi.

Ehtimol, oila boshligʻi ov qilaman deb qattiq charchagan. Shuning uchun nafsini jilovlay olmasdan, norasidalarini tushlikdan mahrum qildi.

Yoki boʻlmasam, joʻjalariga chaqqonlik va epchillikdan saboq berishga ahd qilgan.

Mazkur qiziqarli holat tasvirlangan videoni Sputnik Oʻzbekiston eʼtiboringizga havola etadi.

Yana video

Asosiy mavzular