Qozogʻistonning Aris shahri oxirgi zamon haqidagi filmlarida koʻrsatiladigan huvillab qolgan maskanni eslatadi. Koʻchalarda biror jonzot yoʻq, tashlandiq uylar va doʻkonlar insonni vahimaga soladi.
Kuni kecha ertalab taxminan soat 09:20 da Qozogʻistonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yongʻin yuz berdi, keyinchalik omborxonada oʻq-dorilar portlashi sodir boʻldi.
Portlash oqibatida 71 kishi jabrlagan, ulardan 15 nafari, shu jumladan, ikki bolakay kasalxonalarga yotqizilgan.
Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin fojiada ikki kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.