06:55 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Sputnik

Gulliver laqabli qoʻchqor Qozogʻistonda oʻtkazilgan zotdor qoʻylar xalqaro koʻrgazmasida gʻolib boʻldi.

Gulliver – Markaziy Osiyoda eng yirik qoʻchqor deb topildi. U Qirgʻiziston Gissar zotli qoʻchqor hisoblanadi.  Uning ogʻirligi 188 kilo, balandligi boʻynida bir metrni tashkil qiladi.

Ayrim mehmonlar qoʻchqorning egasi Ablay Mixmanovga million dollarni taklif qilishdi.  

“Menga hatto million taklif qilishganda, men Gulliverni bermadim. U Qirgʻizistonga kerak, bizga bu zotni koʻpaytirish zarur. Tanlovdan keyin Gulliver nafaqat Qirgʻizistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yaxshi qoʻy deb topildi. Uning yoshi 5,5 yosh, men uni ikki yil oldin sotib olgandim”, - deydi fermer Mixmanov.

Yana video

Asosiy mavzular