06:53 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Frantsiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uygʻotayotgan xoʻroz ishi boʻyicha sud jarayoni ketmoqda.

Sud ishi Sharanta departamentida koʻrib chiqilmoqda. Moris laqabli xoʻroz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qoʻshni shikoyat qildi.

Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishmoqda. Bu pulni ular halok boʻlgan dengizchilarga yordam berish uchun oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Biron va Fesso oʻrtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017 yil bahor mavsumida xoʻroz shovqiniga chek qoʻyish maqsadida arz qilishgan. Oʻsha vaqtda xoʻroz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qoʻllab-quvvatladi.  

Oʻtgan hafta payshanba kuni boʻlib oʻtgan sud majlisiga daʼvogar va xoʻroz egasi kelmadi.

Sudda Biron va Fesso yashayotgan hudud qishloq joy yoki shahar ekanligi - asosiy bahs mavzusi boʻldi. Daʼvogar advokatlarining maʼlum qilishicha, ularning mijozlari yashaydigan hudud qishloq joyi emas, balki shaharga yaqin uylar joylashgan hududga kiradi.

Sud ishi boʻyicha 5 sentyabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular