01:05 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Jizzax viloyatining Forish tumanida yaqin vaqtlarda “asr qurilishi” - Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stantsiyasi qurilishi boshlanadi.

Bugungi kunda bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal suratlarda olib borilmoqda.

Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlardan soʻng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hudud tanlangan.

Hozirgi vaqtda bu joy choʻldan iborat, biroq bir necha yildan soʻng Oʻzbekistonda birinchi kerakli infratuzilmaga ega boʻlgan atomchilar shaharchasi paydo boʻladi.

“Oʻzatoma” rahbarining soʻzlariga koʻra, keyingi yildan tez suratlarda tashqi infratuzilma va uning uchun kerak boʻlgan obʼyektlarni qurilishiga kirishish rejalashtirilmoqda.

Bu hududga avtomobil va temir yoʻl olib kelish boʻyicha hisob-kitoblar boshlandi.

Yana video

Asosiy mavzular