13:34 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
RUPTLY

Ernst Bromays Baykal koʻlining janubi-sharqiy qirgʻoqlari  boʻylab 800 kilometr masofani suzib oʻtishga qaror qildi.

Shveytsariyalik sportchi Ernst Bromays Baykal koʻlining janubi-sharqiy qirgʻoqlari  boʻylab 800 kilometr masofani suzib oʻtishga qaror qildi.

Shunday yoʻl bilan ekstremal sportchi Yer sharidagi suv manbaalari muammosiga jamoatchilik  fikrini qaratmoqchi.

Maʼlumki, olimlar yaqin yillar ichida insoniyat ichimlik suvi muammosiga duch keladi deb bashorat qilishgan. Baykal koʻli esa dunyodagi eng yirik chuchuk suv havzasi hisoblanadi.

Bromays 24 soat toʻxtovsiz suzmaydi. U kun davomida qirgʻoq boʻylab suzib, tunlari qirgʻoqda uxlaydi. Suzish 60 kundan keyin Nijneangarsk shahrida yakunlanadi.

Maʼlumot uchun, Baykal koʻli Sibir togʻligida joylashgan Yer yuzidagi eng katta va eng chuqur chuchuk suv havzasidir. Baykal koʻlida Rossiya ichimlik suvi zahiralarining 90 %i dunyo ichimlik suvi zahiralarinin 20% joylashgan. 

Yana video

Asosiy mavzular