AQShda TF-19 Wasp nomli oʻtsochar-uchuvchisiz uchar qurilma sinovdan oʻtkazildi. Sinov jarayoni videoga olindi.
Videoda uchar qurilma obʼyektga oldiga uchib kelishi va olov otishini koʻrish mumkin.
Bu qurilma 100 soniya davomida olov sochib turishi mumkin, shunda 3,7 litr yonilgʻi sarflaydi.
Taʼkidlanishicha, bu dron qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan.