03:29 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan badiiy dastur va oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan badiiy dastur va oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan koʻz yumgan futbolchilar xotirasiga bagʻishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa aʼzolarini yodga oladigan chiqishlar va qoʻshiqlar ijro etildi. “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi gʻolibasiga Sabina Mustayeva sportchilar xotirasiga bagʻishlab, “Ole-Ole!” qoʻshigʻini ijro etdi. Tanaffus chogʻida “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Veteranы futbolnogo kluba Paxtakor vo vremya matcha pamyati v Tashkente
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Veteranы futbolnogo kluba "Paxtakor" vo vremya matcha pamyati v Tashkente

Kirish chiptalari stadion oldida bepul tarqatildi.

Sbornaya SSSR vo vremya matcha pamyati futbolnoy komandы Paxtakor-79
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sbornaya SSSR vo vremya matcha pamyati futbolnoy komandы "Paxtakor-79"

Har ikki jamoa aʼzolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini koʻrsatishga intilishdi. Bellashuv doʻstona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

Futbolist Mirdjalol Kasыmov vo vremya matcha pamyati Paxtakor-79
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Futbolist Mirdjalol Kasыmov vo vremya matcha pamyati "Paxtakor-79"

Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Togʻayev, SH.Poʻlatov.

Sputnik Oʻzbekiston tayyorlagan lavhada oʻyinning yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular