00:07 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
© Ruptly .

Bugun 23 avgust kuni Chechenistonning Shali tumanida barpo etilgan “Ramzan Qodirov” nomidagi masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham ishtirok etmoqda.

Masjid loyihasi muallifi – oʻzbekistonlik meʼmor Abdukaxor Turdiyev.

Mazkur jome masjid, har biri 63 metr boʻlgan toʻrt minoraga va balandligi 43 metr boʻlgan qubbaga ega. Masjid qurilishi 2012 yilda boshlangan. Chiroyi va uslubi jihatidan masjid dunyoda oʻziga xos boʻlib, uning ichi va tashqarisi yunon oq marmarlari bilan bezatilgan.

Masjid Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjidlardan biri boʻladi. Masjidda bir vaqtning oʻzida 30 mingdan ziyod kishi ibodat qilishi mumkin ekan.

 

Yana video

Asosiy mavzular