07:27 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
© Sputnik .

MAKS-2019 koʻrgazmasida Putin Erdoʻgʻonni va boshqa mehmonlarni muzqaymoq bilan siyladi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Moskva viloyatidagi boʻlib oʻtayotgan MAKS-2019 aviatsiya koʻrgazmasiga boʻlgan tashrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toyyib Erdoʻgʻonni muzqaymoq bilan siyladi. 

Doʻkonga yaqinlasharkan Rossiya prezidenti sotuvda qanday muzqaymoqlar borligi bilan qiziqdi.

- Muzqaymoqning har xili bor: plombir, shokoladli, qaymoqli, pistali, vologdaning vanilli muzqaymoqlari bor, - dedi sotuvchi. 

- Vologdaning muzqaymogʻidan bering, dedi Putin va uni Erdoʻgʻonga tutqazdi. Shundan soʻng Rossiya prezidenti oʻziga ham muzqaymoq tanlab oldi. 

- Men uchun ham toʻlaysanmi, deb Erdoʻgʻon hazilomuz Putinga yuzlandi. 

- Albatta toʻlayman, axir siz mening mehmonimsiz, deb unga javob berdi Putin.

- 210 soʻm boʻladi, - dedi sotuvchi.

Putin sotuvchiga 5000 soʻm berib - qaytimini ana unga bering, sohani rivojlantirish uchun, - deb Rossiya sanoat vaziri Denis Manturovni koʻrsatdi. 

MAKS koʻrgazmalari davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun muzqaymoq sotib olish oʻziga xos anʼanaga aylanib qolgan. Rossiya prezidenti har safar koʻrgazmani tomosha qilganidan soʻng oʻz mehmonlarini muzqaymoq bilan siylaydi. Bu safar ham shunday boʻldi. 

 

Yana video

Asosiy mavzular