06:33 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
© Sputnik /

Tbilisida “Kriminallar prezidenti” shiori ostida muxolifat namoyishlari boʻlib oʻtdi. Oʻnlab kishilar qoʻllarida “Maʼsuliyatsiz prezident”, “Uyat”, “Kim afv qilishni topshiriq berdi?” degan yozuvlar bilan Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili qarorgohi oldida toʻplandi.

Prezident Salome Zurabishvilining politsiya xodimi qotilini afv etgani norozilik namoyishiga sabab boʻldi. Oʻnlab kishilar qoʻllarida “Maʼsuliyatsiz prezident”, “Uyat”, “Kim afv qilishni topshiriq berdi?” degan yozuvlar bilan Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili qarorgohi oldida toʻplandi.

22 yoshli politsiya xodimi Tarash Mukbanyan 2014 yil 27 dekabrda Batumidagi tungi klublarning birida oʻldirilgandi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u va mast holatda boʻlgan Ramaz Devadze oʻrtasida janjal yuzaga keladi. Janjal vaqtida Devadze politsiya xodimining xizmat qurolini tortib olib, unga qarata oʻq uzadi. Natijada 22 yoshli Mukbanyan voqea joyida halok boʻladi.

2015 yil sentyabr oyida Devadze 12 yil ozodlikdan mahrum qilinadi. U bir necha kun ilgari prezidentning afv toʻgʻrisidagi farmoni bilan ozodlikka chiqdi. Bu esa oʻz navbatida muxolifatchilarning yangi norozilik namoyishlariga sabab boʻldi.

Gruziya prezidenti namoyish ishtirokchilari qarshisiga chiqmagan, ilgariroq esa bu mavzuga izoh berishdan bosh tortgan.

Yana video

Asosiy mavzular