20:22 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

2030 yilda AES ishga tushganiga qadar Oʻzbekistonda yuzlab kadrlar yetishtiriladi – Toshkentda NIYAU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi.

3 sentyabr kuni Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYAU MIFI) filiali ochilishi tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda bosh vazir Abdulla Aripov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev, Oʻzbekiston Energetiva vaziri Alisher Sultonov hamda “Rosatom” va “Oʻzatom” korporatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

“Bizning mamlakatda MIFIning filiali ochilishi – boʻlajak AES uchun malakalai kadrlar tayyorlash uchun asos boʻladi. Undan tashqari  ushbu oliygoh keljakda minglab yoshlarga yuqori malakali soha – atom energetikasi sohasida ish topishga yordam beradi”, - dedi Abdulla Aripov.

Oʻz navbatida Aleksey Lixachev ham Oʻzbekistonda atom energetikasi sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash - asosiy masala ekanini taʼkidladi hamda Rossiya va Oʻzbekiston orasida ushbu sohada muvaffaqiyatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilganidan mamnunligini bildirdi.

Tantanali soʻzlardan keyin mehmonlar ramziy tasmani kesib, Oʻzbekistondagi NIYAU MIFIning filiali ochilganini rasman eʼlon qilishdi.

Yana video

Asosiy mavzular