13:43 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Press-slujba Zapadnogo voyennogo okruga

Nijniy Novgorod yaqinida Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikistondan kelgan 3 ming harbiylar ishtirokida aksiterrorchilik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Qoʻyilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Manevr rejasiga asosan, Nijnegorod viloyatidagi "Mulino" poligonida jangarilar guruhi butun shaharni qoʻlga oldi. Harbiy boʻlinmalar "asirlarni" ozod qildi va shartli terrorchilarni zararsizlantirdi.

Keyinchalik harbiylar "jangarilarga" yordamga kelgan guruhlarning zarbasini qaytarishdi.

Mashqlarga harbiy qoʻshin, zirhli texnika, harbiy aviatsiya jalb qilindi.

Eng qiziqarli holatlarni Sputnik videosida tomosha qiling.

"Oʻzaro munosabatlar-2019" kompleks mashqlarining keyingi bosqichlari ODKB tarkibiga kiruvchi respublikalarning oʻquv poligonlarida boʻlib oʻtadi.

Sentyabr oʻrtalarida Toʻraqoʻrgʻon poligonida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida shu kabi mashgʻulotlar boʻlib oʻtgandi.

Yana video

Asosiy mavzular