15:14 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Ruptly / Wh.gov

AQSH prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Afgʻonistonga tashrif buyurdi. U yerda AQSH harbiylari bilan uchrashdi.

Tashrif davomida Tramp mamlakat prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan soʻng AQSH yetakchisi “Tolibon” harakati bilan tinchlik bitimini imzolashga harakat qilayotganini aytdi.

“Biz kelishuvga yoki toʻliq gʻalabaga erishmagunimizcha, bu yerda qolmoqchimiz”, - dedi Tramp.

2001 yil 11 sentyabr teraktidan soʻng AQSH qoʻshinlari Afgʻonistonga kirdi. Bugungi kunda Afgʻonistonda 13 ming harbiylari mavjud.

Yana video

Asosiy mavzular