11:25 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Estrada yulduzlari, opera va balet artistlari hamda Oʻzbekistogn Qurolli kuchlari ansambli ishtirokidagi bayram dasturining eng yorqin lahzalari.

Oʻzbekistonda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbirlar katta tantana bilan oʻtdi. Barcha shaharlarda turli koʻrgazmalar, harbiy texnika namoyishlarib paradlar va boshqa vatanparvarlik aktsiyalari boʻlib oʻtdi.

Eng katta bayram tantanasi Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyida boʻlib oʻtdi. Unda estrada yulduzlari, opera va balet artistlari hamda Oʻzbekistogn Qurolli kuchlari ansambllari ishtirok etdi.

Kecha boshida barchani bayram bilan Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tabrikladi.Vazir Oʻzbekiston prezidentining tabrik soʻzini oʻqib berdi.

Bayram dasturida klassik musiqa namunalari bilan birgalikda harbiy xor hamda harbiy-vatanparvar qoʻshiqlar ham jarangladi. Qilichlar bilan ijro etilgan raqsa esa barchaning esida qoldi.

Sputnik muxbiri tayyorlagan videolavhada kechaning eng yorqin lahzalarini tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular