21:16 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49

Qozogʻiston janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar tufayli 20 mingdan ortiq mahalliy aholi, asosan ayollar va bolalar qoʻshni Qirgʻizistonga qochib ketdi.

Qozogʻiston tomoni maʼlumotlariga koʻra, chegara orqali 24 ming kishi oʻtdi. Qirgʻiziston chegarachilarining maʼlumotiga koʻra, ikki baravar kam aholi qoʻshni respublika hududiga kelgan.

Qochqinlar barcha zarur boʻlgan narsalar: oziq-ovqat, issiq yotoq va asosiy zarur buyumlar bilan taʼminlandi.

Ommaviy janjal boʻlgan Masanchi qishlogʻi ayni damda asta-sekin hayotga qaytmoqda. Ayrim fuqarolar uylariga qaytishdi. Uyda ularni achinarli ahvol kutmoqda: vayron va kul boʻlgan uy va avtomashinalar, huvillab qolgan koʻchalar.

Qozogʻiston hukumati vayron boʻlgan uylarni taʼmirlash, yetkazilgan ziyonni qoplash va hujjatlarni tiklashga yordam berishga vaʼda berdi.

Eslatib oʻtamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlogʻida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qoʻlga oldi. 30 tadan ortiq uy, 15 ta doʻkon yonib, vayron boʻldi, 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. 

Otishma bilan oʻtgan mojaroda 47 kishi qoʻlga olindi. Qozogʻiston Jinoyat kodeksining "ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va unda ishtirok etish" (uch yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) va "qotillik" (8 yildan 15 yilgacha) moddalari boʻyicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular