03:59 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96

Koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar vaqtida bir qator taniqli oʻzbekistonlik sportchilar Oʻzbekiston aholisiga murojaat qildi.

Barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talablari qatʼiy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashish samara beradi.

Taniqli oʻzbekistonlik sportchilar Oʻzbekiston aholisini shunga chaqirdi. Ular orasida yaqindagina “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan bir necha karra Olimpiada chempioni Oksana Chusovitina, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha Oʻzbekiston bayrogʻini koʻklarga koʻtarayotgan Mahmud Murodov ham bor.

“Oʻz vaqtingizni uyda, yaqinlaringiz orasida oʻtkazishga harakat qiling. Agar maʼlum bir sababga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun koʻchaga chiqsangiz, tibbiy himoya niqobini taqib olishni unutmang. Oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizni asrang. Biz birgalikda ushbu kasallikni yengamiz, muhimi birga boʻlsak bas”, – deydi Murodov oʻz murojaatida.

Odil Ahmedova ham vatandoshlardan vahimaga berilmaslik soʻrab, gigiyena qoidalariga rioya qilish zarurligini taʼkidlaydi.

Yana video

Asosiy mavzular