17:21 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Ruptly / Sputnik

Bosqichma-bosqich qator davlatlar koronavirus pandemiyasi sabab kiritilgan cheklovlarni olib tashlamoqda. Koʻrinmas yov ustidan toʻliq gʻalaba qozonildi, deyishga hali erta, biroq oldinga hayot tarziga qaytish sari ilk qadam qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda karantin choralari yumshatilmoqda. Hozirda faoliyati tiklangan sanoat, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohalariga qoʻshimcha ravishda xizmat koʻrsatish subʼyektlari ham bosqichma-bosqich ishga tushirilishi belgilandi.  

Jumladan, epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat doʻkonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, taʼmirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berish kerakligi qayd etildi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin boʻladi.

Lekin, koronavirus toʻla bartaraf boʻlmagani sababli, odamlar koʻp toʻplanadigan obʼyektlar, jumladan, teatr, kontsert va sport zallari, toʻyxonalar, jamoat transporti boʻyicha cheklovlar maʼlum muddatgacha saqlanib qoladi.

Respublika komissiyasiga xizmat koʻrsatish turlarini qaysi hududlarda va qanday shartlar asosida yoʻlga qoʻyishni belgilash topshirilgan.

Shuningdek, karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi. Tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (oʻrta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Yana video

Asosiy mavzular