01:53 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan "Front yoʻqlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

Navbatdagi maqola qahramoni - geolog Xabib Muxammedovich Abdullayev. Uning front ortidagi mehnat faoliyati haqida uning nabirasi Habib Pulatovich Abdullayev, "Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi direktori, gapirib berdi.

Urushdan oldin Abdullayev Oʻrta Osiyo Politexnika institutini boshqargan, 1941 yilda esa Oʻzbekiston SSR Sanoat Xalq Komissarlari Kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. U Ittifoqning gʻarbiy hududlaridan respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalari ishini tashkil etishga rahbarlik qildi.

"Urushning dastlabki oylarida Oʻzbekistonga yuzga yaqin korxona koʻchirildi. Juda qiyin boʻlgan - ishlab chiqarishlar deyarli noldan qayta yurgizilgan. Birgina misol: Moskva aviatsion zavodi Toshkentga koʻchirilib atigi bir oy ichida oʻrnatildi. Hatto zamonaviy standartlar boʻyicha ham bu juda hayratlantiradigan muddatlar", - deb eslaydi qahramon Habib Abdullayevning nabirasi.

Urushdan keyin bobosi fanga qaytib Oʻzbekistonning oltin qazib olish va uran sanoatlari uchun koʻp ish qildi. 1959 yilda ilmiy yutuqlari uchun Lenin mukofotiga sazovor boʻldi.

Habib Muxamedovich Abdullayev gʻalabani front chizigʻida qozonmagan boʻlsa ham, uning yordami bilan front zarur qurollarni, oʻq-dorilarni va kiyim-kechaklarni oldi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Abdullayev uchta Qizil Yulduz ordeni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.

"Front yoʻqlamasi" loyihasi

"Front yoʻqlamasi" loyihasi – Yaqin xorij Sputnik matbuot-xizmatlarining anʼanaviy loyihasidir.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir boʻlgan Gʻalabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qidib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba oʻtkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli oʻzgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bogʻlaydigan video koʻpriklar boʻlmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Yana video

Asosiy mavzular