20:26 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sputnik/RUPTLY/AP

Gʻarbning Financial Times va The New York Times nashrlari oʻz materiallarida Rossiyani koronavirusdan rasmiy oʻlim statistikasini pasaytirganlikda ayblashdi.

Oʻz navbatida Rossiya hukumati ushbu maqolalardagi faktlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilib, raddiya talab qilishdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova buni rejalashtirilgan Rossiyaga qarshi uyushtirilgan axborot hujumi deb atadi.

Koronavirus mavzusida oʻz manfaati uchun foydalanish bilan nafaqat Gʻarb matbuoti, hatto Amerika rasmiylari ham shugʻullanishmoqda. Ular bir necha marta asossiz ayblov yogʻdirgandi.

Ehtimol, AQSH shu yoʻl bilan koronavirusga qarshi kurashda oʻzining kuchsizligini oqlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, AQShda koronavirus bilan bogʻliq 1,4 millionta holat qayd etilgan va 80 mingdan ziyod oʻlim holati kuzatilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (890)

Yana video

Asosiy mavzular