00:18 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
YouTube

YouTubeda 6,7 milliard martadan ziyod koʻrilgan xit qoʻshiq musiqasi Oʻzbekiston IIV akademiyasi orkestri tomonidan jonli ijro etildi.

IIV akademiyasi orkestri xodimlari Luis Fonsining dunyoga mashhur va xit boʻlib ketgan Despacito qoʻshigʻi musiqasini yangicha talqinda ijro etishdi.

IIV akademiyasi orkestri sozandalari barcha fuqarolarni uyda qolishga chorlab, yaxshi kayfiyat tilagan.

Maʼlumot uchun: 2017 yilda dunyo yuzini koʻrgan puertorikalik Luis Fonsining Despacito qoʻshigʻi YouTube’da 6,7 milliard martadan ziyod koʻrilgan. Qoʻshiq YouTube tarixidagi eng ommabop klip sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. Shuningdek, layk soni boʻyicha yetakchi hisoblanadi.

Yana video

Asosiy mavzular