00:49 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sputnik

Postsovet mamlakatlarining harbiy xizmatchilari Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga oʻtkazilgan paradda ishtirok etishdi.

Bu yil u 24 iyun - 1945 yilda gʻoliblarning afsonaviy paradi oʻtgan kunda boʻlib oʻtmoqda.

Parad barcha turdagi harbiy qismlar marshi, harbiy texnika namoyishi, shuningdek, aviatsiya qismidan iborat boʻldi.

Qizil maydondan turli mamlakatlar, xususan Oʻzbekiston harbiylari saf tortib oʻtdilar. Marshni tribunadan respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsan oʻzi kuzatdi.

Kechqurun 21.00da Volgogradda Mamay qoʻrgʻonida Yuriy Bashmet, Denis Matsuyev, Igor Butman, Xibla Gerzmav, Ildar Abrazakov va boshqa taniqli artimlar ishtirokida katta bayram kontserti boʻlib oʻtadi. Bularning barchasi bugun tantanali ochiladigan "Ona-Vatan seni chorlamoqda" monumenti qarshisida oʻtkaziladi. 

Ulugʻ Vatan urishida erishilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar Moskvadagi Lujnetskaya naberejnayada otiladigan bayram salyuti bilan yakun topadi. Salyut zalplari 23.00dan boshlab otiladi.

Yana video

Asosiy mavzular