13:20 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
RUPTLY

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasini sinov jarayonida ishtirok etgan birinchi koʻngillilarga Burdenko harbiy gospitalidan javob berildi.

28 kun davomida shifokorlar koʻngillilarning preparatga reaktsiyasini kuzatdilar, ular vaktsina xavfsiz va jiddiy salbiy reaktsiyalarga olib kelmaydi degan xulosaga kelishdi. Kasalxonadan chiqarilishidan oldin barcha koʻngillilardan qon tahlili olindi. Unda organizmda antitanachalar va koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻlganini koʻrsatdi.

Biroq, mutaxassislar taʼkidlashicha, infektsiya ustidan gʻalabani nishonlash hali erta - preparat oʻz samarasini isbotlashi zarur.

Keyingi bosqichlarda emlangan odamlarda immunitetning davomiyligi oʻrganiladi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdigʻidan soʻng, bir necha oy oʻtgach vaktsinani ommaviy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)

Yana video

Asosiy mavzular