21:37 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrugʻiga asosan Janubiy va Gʻarbiy harbiy okruglar qoʻshinlarining jangovar shayligi toʻsatdan tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

Unda harbiy okruglarning Rossiya xavfsizligini taʼminlash harakatlariga baho beriladi. Shuningdek, "Kavkaz-2020" keng koʻlamli harbiy mashqlariga tayyorgarlik darajasi toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi.

Tadbirda 150 mingdan ortiq harbiy, 26,8 ming donadan ziyod texnika, 414ta uchar apparatlar, 106ta harbiy kema ishtirok etadi.

Tekshiruv 21 iyulga qadar davom etadi.

Yana video

Asosiy mavzular