20:52 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Abituriyentlar aytishiga qaraganda toza havoda imtihon topshirish, ularga yopiq auditoriyaga qaraganda koʻproq maʼqul kelgan.  

Bu yilgi abituriyentlarning omadi chopdi desak ham boʻladi - savollar kamaytirildi, imtihonni xonalarda emas toza havoda topshirish belgilandi.

Xoʻsh ushbu sharoitlarda abituriyentlar qanday imtihon topshirishmoqda? Sputnik muxbiri Toshkentdagi bir necha imtihon maydonchalarida boʻlib vaziyat bilan tanishdi.

Eslatib oʻtamiz, imtihonlar 4 sentyabrdan boshlab 14 kun davomida boʻlib oʻtadi. Abituriyentlar har kuni 2 smenada: ertalab (08:00- 11:00) va kechqurun (17:00 - 20:00) imtihon topshirishadi. Buning uchun Respublika boʻyicha jami 65ta ochiq maydonlar tayyorlangan. Ulardan 6tasi Toshkent shahrida joylashgan. 

Kirish joyida barchaning tana harorati tekshiriladi. Abituriyentlarga niqob va qoʻlqop beriladi. Imtihon jarayonini kuzatuvchilardan tashqari oʻnlab kameralar kuzatib turadi. 

Odatdagidek imtihonga hech qanday gadjetlar olib kirish mumkin emas. Qoidabuzarlar kelgusi yilga qoldiriladi. 

 

Yana video

Asosiy mavzular