22:50 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Press-slujba Roskosmosa

XKSda hojatxonaga borish oson emas, lekin yaqinda u yerda 23 millioan dollarga yangi titan unitaz oʻrnatiladi.

NASA astronavti Kris Kessidi xalqaro kosmik stantsiyada tualet qanday ishlashini koʻrsatdi. Uning soʻzlariga koʻra, kosmosda hojatxonaga borish oddiy ish emas. 

Birinchidan, hojatxona ichidagi hamma tizimlar toʻgʻri ishlayotganiga amin boʻlish kerak. Buni bir necha yonib turgan chiroqlardan bilish mumkin.

Fazogir hikoyasiga koʻra, koinotda tualetga borishning oʻziga xos qiynchiliklari bor. Har bir  ishni juda ehtiyotkorlik bilan bajarish kerak, oʻzingizdan keiyn hamma joyni toza qoldirish kerak. XKSda unitaz ham juda kichik hajmda. Undan foydalanish uchun mahorat kerak. 

Ha aytmoqchi, yaqin xalqaro kosmik stantsiyaga yangi unitaz olib kelishdi. U ushbu videoda koʻrsatilmagan. Yangi unitaz titandan yasalgan boʻlib, uning narxi 23 million dollar. Aytishlaricha, u oldingisidan ancha qulay boʻlishi kerak.

Yana video

Asosiy mavzular