07:02 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Ruptly

AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovlarda gʻolib boʻlganini eʼlon qildi. Amerikaning yetakchi OAVlari maʼlumotlariga koʻra, u gʻalaba uchun talab qilinadigan saylovchilar hayʼatining (Electoral College) yetarlicha ovozini toʻplagan.

AQShda prezident saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Hozirgacha ayrim shtatlarda ovozlarni hisoblash davom etmoqda.

Amerikaning yirik OAVlari hisob-kitobiga koʻra, Bayden saylovchilar hayʼatining (Electoral College) 290 ta ovozini olgan. Gʻalab qozonish uchun esa 270 ta ovoz yetarli. Tramp ularning 214 ovozini olishga muvaffaq boʻlgan.

Shuningdek, Bayden nomzodini yoqlab amerikaliklarning 75,1 millioni ovoz bergan, 70, 8 millioni esa amaldagi prezident Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagan.

Amerikada prezident saylovlarini natijasini oddiy saylovchilar emas, balki saylovchilar hayʼati (Electoral College) hal qiladi. Ular turli shtatlarning 538 nafar vakillaridan iborat.

Bayden AQSH prezidenti saylovida gʻalaba qozonganini eʼlon qildi

Tramp magʻlubiyatni tan olmasligini maʼlum qildi. Uning fikriga koʻra, saylovlardagi ovozlarni hisoblash oʻz yakuniga yetdi deb hisoblash mumkin emas. U saylovchilar ovozini hisoblash yuzasidan sudga murojaat qilish niyatini tasdiqlagan.

Oʻz navbatida, xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenga saylovda gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻllashni boshlab yuborishgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg shular jumlasidan.

Teglar:
Donald Tramp, Jo Bayden, saylovlar, AQSH

Yana video

Asosiy mavzular