07:08 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Rasm chizish qobiliyati – bu nogiron boʻlib tugʻilganim uchun Ollohning menga bergan sovgʻasi boʻlsa kerak - Shuhrat Oʻrinboyev.

Har qanday ogʻir vaziyatda ustaxonaga kelaman, birorta chiroyli musiqani qoʻyib, yangi rasm chizishni boshlayman. Rasm yaxshi chiqqan sari koʻnglim koʻtarilib boraveradi, - deydi Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Chimion posyolkasida istiqomat qiluvchi rassom Shuhrat Oʻrinboyev. 

Men barcha janrlarda rasm chizaman, koʻproq falsafiy suratlar chizaman, lekin eng qiyini bu portret janri. Chunki rassom insonning ichki dunyosini tushungandagina rasm oʻxshaydi. Boʻlmasa har qancha aniq chizilsa ham oʻxshamay turaveradi.

Hozir ikkita farzandim bor. Biri qoʻl boʻlsa biri oyoq. Ikkalasi ham maktabda yaxshi oʻqishadi. Ularning kelajakda kim boʻlib yetishishini men belgilab bermayman. Yosh avlod oʻzi maqsad tanlasa - oʻshanga mehr qoʻyadi. Men aytgan yoʻnalish ularga qiziq boʻlmasligi mumkin. Eng muhimi - kim boʻlsa ham yaxshi inson, odamlarga foydasi tegadigan inson boʻlib yetishishini istayman. 

Bugungi kunda Shuhratning orzu va rejalari bir talay. U bir necha xorijiy mamlakatlarga borishni va koʻrgazmalar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Oʻzining Youtube kanalida doimiy ravishda turli videolar chiqarib turadi.  

 

Yana video

Asosiy mavzular