06:49 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

Derbent shahridagi uylardan birida Habib va uning otasi tasvirlangan 10-metrli graffiti paydo boʻldi.

Derbent shahridagi koʻp qavatli uylardan birining yon devorida Habib va uning otasi Abdulmanap Nurmagomedovga bagʻishlangan balandligi 10-metr boʻlgan graffiti rasm paydo boʻldi. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Abdulmanap Nurmagomedovga iyul oyida koronavirus oqibatida vafot etgan edi. 

Oktyabr oyining oʻrtasida Abu-Dabida boʻlib oʻtgan jangda Habibi Nurmagomedov oʻz karyerasida 29-gʻalabaga erishgan edi. Shundan oʻng Habib UFC pogʻonasida birinchi oʻringa chiqdi va oʻzining jangovar karyerasini yakunlaganini eʼlon qildi. 

Habib Nurmagomedov onasiga bergan vaʼdasi tufayli ushbu qarorga kelganini maʼlum qildi. Lekin afsonaviy jangchi yaqin vaqt ichida murabbiy sifatida oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkinligini xabar qilgan. 

Yana video

Asosiy mavzular