18:54 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Ruptly

Qish kelishidan oldin issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan 1500ga yaqin pushtirang flamingo qushlari toʻdasi Qozogʻistondagi Karakol koʻliga qoʻndi. 

Qoʻshni Qozogʻiston respublikasining Aktau shahri yaqinida joylashgan Karakol koʻliga issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan flamingo qushlari qoʻndi. 

Karakol koʻli Karagiye-Karakol tabiat qoʻriqxonasi tarkibiga kiradi va qushlar migratsiya yoʻlida joylashgan. Yil davomida ushbu koʻlda 90 ga yaqin qushlar toʻxtab oʻtadi. Ular orasida laylaklar, burgutlar va boshqa qushlar bor. Uzoq mamlakatlarga uchib ketayotgan yoki uchib kelayotgan qushlar ushbu koʻl boʻyida toʻxtab, suv ichib dam olib yana yoʻllarini davom ettirishadi. 

Bu safar ham pushtirang flamingolar Tengiz va Korgaljыn koʻllaridan uchib kelgan. Karaoldan soʻng ushbu sayohatchi qushlar Turkmaniston hududida joylashgan Xazar qoʻriqxonasi tomon yoʻl olishadi. Undan soʻng esa Eron tomonga uchib ketishadi. 

Yana video

Asosiy mavzular